Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida "Yil o‘qituvchisi" ko‘rik-tanlovining uchinchi bosqich sinovlari boshlandi.
Tadbirni Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov hamda Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Rustam Yo‘ldoshev kirish so‘zi bilan ochib berib, tanlov ishtirokchilariga muvaffaqiyat va omad tiladilar.
Shundan so‘ng nomzod pedagoglar ishtirokida "Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat (taqdimot)" yo‘nalishi bo‘yicha qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.
Tanlov sinovlari ochiqlik, shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida davom etmoqda.
📸 Foto: Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida o‘tkazilayotgan tanlov jarayonlaridan.
✏️Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: