Samarqandda amaliy-uslubiy seminar va mahorat darslari tashkil etildi

23 Fevral, 2026 50

Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Pastdargʻom tumani 68-umumiy oʻrta ta'lim maktabi hamkorligida navbatdagi amaliy-uslubiy seminar va mahorat darslari tashkil etildi.

Metodik tadbir doirasida markazning Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti D. Yunusova tomonidan 10-sinf o‘quvchilariga “Tinish belgilarining qo‘llanilishi” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi. Shuningdek, kafedra o‘qituvchisi D. Islamova 8-sinf o‘quvchilariga Maqsud Shayxzodaning Jaloliddin Manguberdi asari yuzasidan “Nazariy ma’lumot. Dramatik tur” mavzusida dars tashkil etdi.

Bundan tashqari, J. Eshkuvatov tomonidan maktab o‘qituvchilari uchun Programme for International Student Assessment (PISA), Progress in International Reading Literacy Study (PIRLS) va Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) xalqaro baholash tadqiqotlari natijalari asosida ta’lim sifatini oshirishga bag‘ishlangan amaliy-uslubiy seminar o‘tkazildi.

Tadbir davomida maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilarining ta’lim jarayonini samarali va sifatli tashkil etishdagi faol ishtiroki ta’minlandi, hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan taklif va tavsiyalar tinglandi.

✍️Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech