Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 2-apreldagi 118-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida tabiiy va aniq fanlar yo‘nalishidagi master-trenerlar uchun 18 soatlik seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur seminar-trening “Oʻzbekistonda iqlim taʼlimi orqali yoshlarning yetakchilik qobiliyatlarini kuchaytirish va rivojlantirish” qo‘shma loyihasi doirasida o‘tkazilmoqda.
Unda ishtirokchilar iqlim o‘zgarishi, ekologik muammolar hamda ularning yechimlariga oid zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallamoqdalar.
Ushbu tashabbus yosh avlodning ekologik ongini yuksaltirish, ularni global muammolarga befarq bo‘lmagan, faol va mas’uliyatli yetakchilar sifatida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Seminar-treningni Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining (BMTTD) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi vakillari ham ishtirok etdi va uning atrof-muhit bo‘yicha klasteri tahlilchisi Gauxar Kudaybergenova so'zga chiqib, BMTTDning ekologik loyihalarini tanishtirdi.
Trening davomida master-trenerlar iqlim ta’limini dars jarayonlariga samarali integratsiya qilish, o‘quvchilarda ekologik tafakkur va yetakchilik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashmoqdalar.
Ushbu loyiha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, BMTTD, “Zamin” fondi va "Ta'lim hamma narsadan ustun"(EAA-Qatar) jamg‘armasi hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: