Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida tabiiy va aniq fanlar yo‘nalishidagi master-trenerlar uchun tashkil etilgan seminar-trening bugun o‘z yakuniga yetdi.
Mazkur trening “O‘zbekistonda iqlim ta’limi orqali yoshlarning yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish” loyihasi doirasida o‘tkazilib, ishtirokchilar iqlim o‘zgarishi, ekologik muammolar va ularning yechimlariga oid bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.
🎓 Trening davomida:
— iqlim ta’limini dars jarayonlariga integratsiya qilish
— o‘quvchilarda ekologik tafakkur va yetakchilik ko‘nikmalarini shakllantirish
— ilg‘or tajribalar almashinuvi amalga oshirildi.
🌍 Ushbu tashabbus yosh avlodni ekologik ongli, faol va mas’uliyatli yetakchilar sifatida tarbiyalashga xizmat qiladi.
🤝 Loyiha hamkorlari: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, BMTTD, “Zamin” fondi va “Ta’lim hamma narsadan ustun” jamg‘armasi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: