Samarqandda jurnalist va blogerlar uchun media-trening yakunlandi

15 May, 2026 16

Samarqand shahrida Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlaridan 30 dan ortiq jurnalist va blogerlar ishtirokida “Davlat xizmatlari media nigohida: raqamli transformatsiyani fuqarolar uchun qanday yoritish kerak?” mavzusidagi ikki kunlik trening bo‘lib o‘tdi.

Trening davomida ishtirokchilarga davlat xizmatlari sohasidagi islohotlarni professional yoritish, raqamli transformatsiya jarayonlarini ommaga sodda va ta’sirchan yetkazish, shuningdek storytelling, mobil jurnalistika va sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.

 Tadbir media vakillarining kasbiy salohiyatini oshirish hamda davlat organlari va OAV o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

 Trening Yevropa Ittifoqi moliyaviy ko‘magida, BMT Taraqqiyot dasturi va Adliya vazirligi hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Powered by GSpeech