Samarqand shahrida UNICEF, Islom taraqqiyoti banki va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida maktabgacha ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan xalqaro seminar-trening o‘z ishini boshladi.
Tadbirni Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov ochib, mazkur hamkorlikning ahamiyati hamda seminarning asosiy maqsadlari haqida so‘z yuritdi.
Seminar davomida maktabgacha ta’lim tizimida zamonaviy yondashuvlar, pedagoglarning malakasini oshirish va ta’lim jarayonini xalqaro tajriba asosida takomillashtirish masalalari muhokama qilinmoqda.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: