Samarqandda malakali pedagog kadrlarni saralashning 2-bosqich suhbat jarayonlari boshlandi

2 Iyun, 2026 6

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 26-maydagi “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarni saralashning 2-bosqich suhbat jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 187-son buyrug‘i ijrosi doirasida Samarqand viloyatida suhbat jarayonlari o‘tkazilmoqda.

Ayni paytda suhbatlar Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida tashkil etilgan bo‘lib, tadbirni markaz direktori Anvar Sobirov hamda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sobir Mirzayev kirish so‘zlari bilan ochib berdi.

Suhbat jarayonlarida pedagoglarning kasbiy salohiyati, bilim va ko‘nikmalari baholanib, vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama olish uchun munosib nomzodlar saralab olinadi.

✅ Jarayonlar belgilangan tartib va mezonlar asosida shaffof hamda xolis tarzda olib borilmoqda.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech