Samarqandda musiqa oʻqituvchilari uchun viloyat seminari boʻlib oʻtdi

18 Oktyabr, 2025 39

Samarqand shahridagi Barkamol avlod bolalar ijod maktabida umumtaʼlim maktablari hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning musiqa fani oʻqituvchilari ishtirokida "Zamonaviy taʼlim texnologiyalari, raqamli resurslardan foydalanish orqali musiqa fani oʻqituvchilarining kommunikativ salohiyatini rivojlantirish" mavzusida viloyat seminari tashkil etildi.

- Seminarning asosiy maqsadi — musiqa taʼlimi sifati va samaradorligini oshirish, oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini yanada rivojlantirish, shuningdek, ilgʻor tajribalarni ommalashtirishdan iborat boʻldi, deydi Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi metodisti Valijon Niyozov.

🌈Tadbir davomida tajribali ustozlar tomonidan ochiq darslar, amaliy mashgʻulotlar, interaktiv taqdimotlar va metodik tavsiyalar namoyish etildi. Ishtirokchilar zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion metodlar va musiqiy taʼlimda sanʼatning tarbiyaviy ahamiyati haqida fikr almashdilar.

✅Mazkur seminar musiqa oʻqituvchilari uchun tajriba almashish, yangiliklardan xabardor boʻlish hamda oʻz kasbiy salohiyatlarini oshirish uchun muhim maydon boʻlib xizmat qildi.

👀Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech