Samarqandda pedagoglar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

5 May, 2026 57

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida rahbariyat va tinglovchilar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda markaz direktori Anvar Sobirov malaka oshirish kurslarida ishtirok etayotgan pedagoglar bilan bevosita suhbatlashdi.

 Muloqot davomida ta’lim tizimidagi islohotlar, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish hamda zamonaviy metodlarni dars jarayoniga joriy etish masalalari muhokama qilindi.

 Shuningdek: — o‘quv jarayonini samarali tashkil etish
— innovatsion yondashuvlar
— yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash
bo‘yicha muhim fikr va takliflar bildirildi.

 Tadbir doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida ham ma’ruza qilinib, bu boradagi profilaktik chora-tadbirlar va qonunchilik talablari haqida tushuntirishlar berildi.

 Tadbirda direktor o‘rinbosarlari va mas’ul xodimlar ham ishtirok etib, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi.
 Tinglovchilar o‘z savollari, taklif va mulohazalarini erkin bildirish imkoniga ega bo‘lib, har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqildi.

Yakunda bunday ochiq muloqotlar pedagoglar uchun tajriba almashish va kasbiy rivojlanishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech