Samarqandda qayta tayyorlov kurslari bo‘yicha umumiy majlis bo‘lib o‘tdi

25 Dekabr, 2025 14

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ–231-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida muhim umumiy majlis o‘tkazildi.
2025-yil 30-sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 367-son buyrug‘iga asosan 2025-yil noyabr oyidan tashkil etilgan qayta tayyorlov (matematika va biologiya) guruhlari tinglovchilari ishtirokida o‘tgan majlisga markaz direktori Anvar Sobirov raislik qildi.
Majlis davomida qayta tayyorlov guruhi tinglovchilarining davomati, kontakt sessiya mashg‘ulotlarining tashkil etilishi, shuningdek, kurs yakunida yakuniy attestatsiya jarayonlari Bilimni baholash markazida o‘tkazilishi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Mazkur tadbir pedagog kadrlarni qayta tayyorlash jarayonlarining mazmuni va sifatini yanada oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Powered by GSpeech