Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazining geografiya guruhi tinglovchilari Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi geografiya fani o‘qituvchisi A. Samyayev rahbarligida Samarqand davlat universitetining Geografiya va ekologiya fakultetiga tashrif buyurishdi.
Tinglovchilarni fakultet dekani, dotsent A. Ravshanov kutib oldi. Dastlab ular fakultet faoliyati bilan yaqindan tanishib, uning bugungi kundagi ishlari va istiqboldagi rejalari haqida batafsil ma’lumot olishdi.
Tadbir davomida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga professor-o‘qituvchilardan javob oldilar.
Shuningdek, tashrif doirasida “Geologiya va paleontologiya” muzeyiga ekskursiya tashkil etildi. Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi professori Q. Yarashev tomonidan o‘tkazilgan ekskursiya tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi.
Mazkur tashrif bilim va tajriba almashinuvida muhim ahamiyat kasb etdi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: