Samarqandda ta’lim sifati va pedagoglar rivoji muhokama qilindi

5 May, 2026 9

Samarqand viloyati Matbuot uyida viloyat hokimiyati, O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi hamda Pedagogik mahorat markazi hamkorligida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

 Tadbirda markaz direktori Anvar Sobirov maktabgacha va maktab ta’limi pedagog xodimlarining uzluksiz kasbiy rivoji yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’ruza qildi.

 Shuningdek, hududlarda pedagoglar salohiyatini oshirish, zamonaviy yondashuvlar, o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

 OAV vakillarining savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech