Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazida “Maktabgacha ta’lim tizimida taʼlim sifatini yanada oshirish zamonaviy yondashuvlar asosida taʼlim va tarbiya jarayonini tashkil etish maqsadida "Ilk qadam" milliy oʻquv dasturini keng joriy etishga qaratilgan qisqa muddatli o‘quv kursining ikkinchi bosqichi boshlandi.
Mazkur treninglar markaz direktori Anvar Sobirovning kirish so‘zi bilan ochib berildi.
Islom taraqqiyot banki, UNICEF hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida o‘tkazilayotgan ushbu o‘quv mashg‘ulotlarida mutaxassislar zamonaviy yondashuvlar va ilg‘or metodikalarni o‘rganmoqda.
Trening ishtirokchilari o‘z kasbiy mahoratini oshirib, yangi bilim va tajribalarni egallamoqda.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: