Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida an’anaviy “Tasviriy va amaliy san’at” xalqaro festivali doirasida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Tadbirni markaz direktori Anvar Sobirov ochib, seminar ishtirokchilarini samimiy tabrikladi.
Tadbir davomida turli tanlovlar o‘tkazildi, shuningdek, suhbat va muhokamalar shaklida seminar mashg‘ulotlari tashkil etildi. Ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, o‘z tajribalarini yanada boyitdilar.
Seminar yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi, shuningdek diplom va esdalik sovg‘alari ham taqdim etildi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: