Samarqand viloyatida pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda ta’lim sifatini yanada yuksaltirish maqsadida yozgi o‘quv-amaliy seminarlarga start berildi.
Mazkur seminarlarning asosiy maqsadi — viloyatdagi barcha pedagoglarni qamrab olish, ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlar hamda ilg‘or tajribalarni ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etishdan iborat.
Yozgi o‘quv seminarlarining navbatdagi mashg‘ulotlari Urgut tumanidagi 156-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etildi. Urgut tumanida 156 ta maktab bo'lib undan 200 nafarga yaqin o'qituvchilar seminarda ishtirok etdi.
Seminarni Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z so‘zida bugungi kunda zamonaviy pedagogdan doimiy izlanish, kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish va ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etish talab etilayotganini ta’kidladi.
Tadbir doirasida yil davomida turli ko‘rik-tanlovlarda faol ishtirok etib, o‘zining pedagogik mahorati, tashabbuskorligi va ilg‘or tajribasi bilan Yangi O‘zbekiston o‘qituvchilariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan pedagoglarni Anvar Sobirov tashakkurnoma bilan taqdirladi.
Seminarlar davomida pedagoglar kasbiy rivojlanish, pedagogik mahoratni takomillashtirish, zamonaviy ta’lim metodlari va ilg‘or tajribalar yuzasidan bilimlarini boyitib, o‘zaro tajriba almashdilar.
Yozgi o‘quv seminarlari pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirish va ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
✍️Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: