Samarqand viloyat pedagogik mahorat markazi vakillari Xitoy davlatida joylashgan UNESCO O‘qituvchilarni tayyorlash markazida bo‘lib o‘tadigan “Belt and Road” almashuv loyihasining 2025-yil kuzgi sessiyasida ishtirok etish uchun Xitoyga jo‘nab ketdilar.
Mazkur xalqaro dastur “O‘rta va boshlang‘ich ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun kasbiy rivojlanish” mavzusiga bag‘ishlanib, ilg‘or tajribalar almashinuvi va ta’lim sohasida zamonaviy yondashuvlarni o‘rganishga qaratilgan.
Ushbu nufuzli tadbirda Samarqand viloyat pedagogik mahorat markazi direktori A. Sobirov, kafedra mudiri A. Samyayev, o‘zbek tili fani metodisti N. Shanazarova hamda ingliz tili metodisti U. Narkulovlar ishtirok etmoqda.
Delegatsiya a’zolari konferensiya davomida Xitoy ta’lim tizimi, raqamli ta’lim texnologiyalari hamda o‘qituvchilar malakasini oshirishning zamonaviy modeli bilan tanishishi rejalashtirilgan.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: