2026-yil 27-mart kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialida muhim seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir PQ-308-son Qarori bilan tasdiqlangan “2020–2030 yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini 2025–2026 yillarda amalga oshirish dasturi” ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Seminar mavzusi:
“Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat tilining ahamiyati va roli”
Seminar davomida quyidagi ma’ruzalar tinglandi:
“Tilning ijtimoiy ahamiyati” – D. Yunusova
“Yosh sportchilarni tarbiyalashda til va nutqning o‘rni” – N. Shanazarova
“Mutaxassislarning kasbiy faoliyatida davlat tilida ish yuritish madaniyati” – G. Norboyeva
Tadbirda davlat tilining sport sohasidagi o‘rni, mutaxassislarning nutq madaniyati va yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati keng muhokama qilindi.