Samarqandlik Pedagoglar Ozarbayjonda STEAM va inklyuziv ta’lim metodikasi bo‘yicha malaka oshirmoqda

13 Oktyabr, 2025 18

Joriy yilning 12–19 oktyabr kunlari Ozarbayjon Davlati Pedagogika Universiteti Guba filiali negizida “Inklyuziv ta’lim va STEAM texnologiyasidan ta’limda foydalanish metodikasi” mavzusida xalqaro malaka oshirish kurslari boshlandi.

Mazkur malaka oshirish dasturida Samarqand viloyati Pedagogika malakasini oshirish va innovatsiyalar hududiy markazi pedagog xodimlari X. Bekmirzayev, M. Rahimqulova va D. Saparovalar ishtirok etmoqda.

Kurslar doirasida zamonaviy ta’lim texnologiyalari, jumladan, STEAM yondashuvi va inklyuziv ta’limni samarali tashkil etish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Shuningdek, ishtirokchilar Ozarbayjonning ilg‘or ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishish, tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.

Mazkur xorijiy tajriba, albatta, hududimizdagi ta’lim sifatini oshirish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish va pedagoglarning malakasini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech