Ozarbayjon Davlat Pedagogika universitetining Quba filialida davom etayotgan “Inklyuziv ta’lim va STEAM texnologiyalaridan ta’limda foydalanish metodikasi” mavzusidagi xalqaro malaka oshirish kurslarida Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi rahbariyati va professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etmoqda.
Bugungi mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar ta’limda innovatsion yondashuvlarni qo‘llash, raqamli vositalardan samarali foydalanish hamda turli imkoniyatlarga ega bolalar bilan ishlash metodikalari yuzasidan chuqurlashtirilgan bilimlarga ega bo‘lishdi. Xususan, STEAM yondashuvining amaliyotga joriy etilishi, loyihalash asosida ta’lim tashkil etish, shuningdek, inklyuziv muhitda ta’lim sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: