Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan tashkil etilgan “Ta’limda uzluksiz kasbiy rivojlantirishning dolzarb muammolari, yechimlari va istiqbollari” mavzusidagi forum doirasida ta’limiy ko‘rgazma tashkil etildi.
Unda Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi tomonidan rahbar va pedagoglarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida amalga oshirilgan ishlar hamda yaratilgan o‘quv-uslubiy adabiyotlar namoyish etildi.
Forum davomida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimovaga ko‘rgazma faoliyati va taqdim etilgan ishlanmalar haqida markaz direktori Anvar Sobirov tomonidan ma’lumot berildi.