Samarqand viloyat Pedagogik mahorat markazida o‘qish savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan treninglar davom etmoqda

23 Fevral, 2026 60

Samarqand viloyat Pedagogik mahorat markazida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun navbatdagi o‘qish savodxonligini baholash va rivojlantirish bo‘yicha treninglar davom ettirilmoqda.

✔️Trening mashg‘ulotlarida “Didaktik tamoyillari integratsiya qilingan o‘qitish usullari” asosida “Oyog‘i osmondan bo‘lgan sichqonlar” matni amaliy jihatdan tahlil qilinib, matn ustida ishlashning samarali metodlari ko‘rib chiqildi.

 Ishtirokchilar o‘quvchilarning matnni tushunish, tahlil qilish va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlar bilan tanishdilar.

Shuningdek, hafta davomida test.avloniy.uz platformasida o‘quvchilar uchun ochiq matnlar asosida mashg‘ulotlar olib borilishi yo‘lga qo‘yilgan.

O‘quvchilarning platformadagi natijalari treninglar jarayonida muntazam tahlil qilinib, o‘qituvchilarga amaliy tavsiyalar berib borilmoqda.

Mazkur treninglar pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish hamda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech