Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida 21-oktabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi keng nishonlandi

21 Oktyabr, 2025 31

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov tomonidan Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan tinglovchilar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda tilimizning davlat tili sifatidagi ahamiyati, uning rivojlanishi va yosh avlod orasida milliy tilga bo‘lgan hurmatni oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, davra suhbati davomida O‘zbek tilining zamonaviy taraqqiyoti, uning ta’lim tizimidagi roli va davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha yangi tashabbuslar haqida fikr almashildi.

Hududiy markaz rahbari Anvar Sobirov tinglovchilarga milliy tilimizni asrash va rivojlantirishda har birimizning mas’uliyatimiz katta ekanligini ta’kidladi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech