Tadbir ARM va “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti D. Yunusova hamda ona tili 2-guruh tinglovchilari hamkorligida tashkil etildi.
Taqdimot davomida asarda Samarqand haqidagi betakror tasvirlar, bu zamindan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlar hayoti haqida berilgan ma’lumotlar alohida ta’kidlandi. Jumladan, Imom Buxoriy, Abu Mansur Moturidiy, Abulqosim Hakim Samarqandiy, Abu Lays Samarqandiy, Abu Abdulloh Ro‘dakiy kabi ulug‘ zotlar haqida keltirilgan ma’lumotlarning ahamiyati keng yoritildi.
Zahiriddin Muhammad Bobur temuriylar davlatining poytaxti bo‘lgan Samarqandga bir umr talpinib yashagani, bu shaharda yashab o‘tgan aziz avliyolarni o‘ziga ma’naviy piri ustoz deb bilib, ularga yuksak e’tiqod bilan qaragani ta’kidlandi. Xususan, Bobur Imom Buxoriy haqida: “Yana sohibi ‘Sahihi Buxoriy’ Xoja Ismoil Xartanak ham Movarounnahrdindur”, deya e’tirof etgani tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir davomida tinglovchilar asar mazmun-mohiyati, tarixiy va ma’naviy ahamiyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Mazkur taqdimot milliy merosimizni chuqur o‘rganish va targ‘ib etishda muhim qadam bo‘ldi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: