Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida “Kasbiy rivojlanish kuni” o‘tkazildi

29 Oktyabr, 2025 22

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda hududiy markaz direktori Anvar Sobirov so‘zga chiqib, pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda xalqaro tajribalarni o‘rganishning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, bo‘lim boshlig‘i Xasan Bekmirzayev, dotsent Mahbuba Raximqulova va metodist Dilshoda Saparova Ozarbayjon Respublikasida o‘tkazilgan “Inklyuziv ta’lim va STEAM texnologiyalaridan ta’limda foydalanish metodikasi” mavzusidagi malaka oshirish kurslarida ishtirok etganliklari haqida ma’lumot berishdi.

Ular kurs davomida o‘rganilgan ilg‘or xorijiy tajribalar, STEAM yondashuvining ta’lim sifatini oshirishdagi o‘rni hamda inklyuziv ta’limni samarali tashkil etish metodikalari haqida o‘z fikr va takliflari bilan o‘rtoqlashdilar.

Tadbirni markaz direktorining o‘rinbosari Sarvar Murodov olib bordi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar ta’lim jarayoniga innovatsion va inklyuziv yondashuvlarni keng joriy etish, o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini oshirishga doir takliflarni muhokama qildilar.

🎤Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Axborot xizmati

👀Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech