Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida “Rivojlanish va yuksalishni qo‘llab-quvvatlovchi tadbir" bo‘lib o‘tdi

7 Noyabr, 2025 13

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida noyabr oyida malaka oshirish kurslarida tahsil olayotgan tinglovchilar ishtirokida “Rivojlanish va yuksalishni qo‘llab-quvvatlovch tadbir” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda markaz direktori Anvar Sobirov ishtirok etib, pedagoglarning yuksak mahoratini qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy va shaxsiy rivojlanishini rag‘batlantirish muhimligini ta’kidladi.

“Bugungi kunda ta’lim tizimining rivoji bevosita pedagoglarning mahoratiga bog‘liq. Bizning maqsadimiz — har bir o‘qituvchi o‘z ustida tinimsiz ishlaydigan, o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdir,” — dedi Anvar Sobirov.Tadbir davomida Musiqa va maktabgacha ta’lim metodikasi guruhi tinglovchilari tomonidan badiiy chiqishlar, qo‘shiqlar va raqslar ijro etildi. Tadbir ishtirokchilarga bayramona ruh va ilhom baxsh etdi.

 Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech