100 soatlik o‘quv dasturi davomida pedagog xodimlar zamonaviy ta’lim jarayoni, innovatsion metodlar hamda raqamli ta’lim resurslari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashdi.
Kursning yakuniy bosqichida tinglovchilar o‘z loyiha ishlarini himoya qilib, mikrodars taqdimotlari orqali o‘quv jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha mahoratlarini namoyon etdilar.
Taqdim etilgan loyiha ishlari zamonaviy ta’lim talablari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, dars samaradorligini oshirishga qaratilgan ilg‘or g‘oyalar bilan boyitildi.
Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilar sertifikatlar bilan taqdirlanadi.