Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek tili va adabiyoti universiteti doktoranti, filolog va testolog Shohrux Tursunmurodov ishtirokida Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida ilmiy-amaliy seminar boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbirni markaz direktori Anvar Sobirov kirish soʻzi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini oshirish, zamonaviy baholash va testologiya yo‘nalishidagi yangiliklarni amaliyotga tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Seminar davomida Shohrux Tursunmurodov test tuzish metodikasi, baholash mezonlari hamda til va adabiyot fanini o‘qitishda innovatsion yondashuvlar xususida ma’ruza qildi. Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
Seminar ochiq muloqot va tajriba almashinuvi ruhida o‘tib, ishtirokchilar uchun foydali ilmiy-amaliy platforma bo‘lib xizmat qildi.