Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov raisligida ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda markaz faoliyatining yillik sarhisobi qilinib, erishilgan natijalar va mavjud masalalar atroflicha muhokama etildi.
Yig‘ilish davomida o‘zining samarali mehnati, tashabbuskorligi va kasbiy faolligi bilan ajralib turgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar markaz rahbariyati tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, kelgusi yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar, rejalashtirilgan ishlar va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni sifatli va samarali amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar belgilab olindi.