Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida ishlab chiqarish yigʻilishi boʻlib oʻtdi

14 Noyabr, 2025 13

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida markaz direktori Anvar Sobirov raisligida ishlab chiqarish yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish, o‘qituvchilarning dars jarayonini tahlil qilish ko‘nikmalarini takomillashtirish hamda ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida dars tahlilining ahamiyati, zamonaviy ta’lim metodlari va o‘qituvchi mahoratini oshirishga qaratilgan amaliy takliflar tinglandi. Shuningdek, markaz xodimlari tomonidan o‘tkazilgan dars kuzatuvlari natijalari tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Anvar Sobirov yig‘ilish yakunida ta’lim sifatini oshirishda dars tahlilining muhim o‘rin tutishini ta’kidlab, bu boradagi ishlarni tizimli davom ettirish zarurligini qayd etdi.

 Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech