Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov raisligida markaz faoliyatiga oid muhim masalalar muhokama qilingan ishlab chiqarish yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida professor-o‘qituvchilarning dars jarayonlariga tayyorgarlik holati, markaz bo‘limlari faoliyatining samaradorligi hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan vazifalar ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi asosiy masalalar:
🔹 Professor-o‘qituvchilarning dars jarayonlariga tayyorgarlik holati
🔹 Maktabgacha ta’limni muvofiqlashtirish bo‘limi faoliyatining tashkil etilishi va natijadorligi
🔹 Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi faoliyatining samaradorligi
Shuningdek, yig‘ilishda tinglovchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalar tahlili, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan buyruqlar ijrosi, loyiha ishlari va mikrodarslarning sifatli tayyorlanishi hamda attestatsiya va akreditatsiya jarayonlariga tayyorgarlik masalalari ham muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: