Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida iyun oyidagi pedagog kadrlarning malaka oshirish kurslariga start berildi.
Kurslarning ilk kunida tinglovchilar uchun “Metodist soati” tashkil etildi. Unda malaka oshirish jarayonining mazmun-mohiyati, o‘quv dasturlari, ta’lim jarayonidagi yangiliklar hamda kurs davomida amalga oshiriladigan vazifalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi.
Malaka oshirish kurslari pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga joriy etish hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: