Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

28 Oktyabr, 2025 27

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi kutubxonasida professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda kitob taqdimoti tashkil etildi. Tadbirda bo‘lim boshlig‘i Xasan Bekmirzayev yozuvchi Pirimqul Qodirovning “Humoyun va Akbar” asari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Taqdimot davomida asarning yaratilish tarixi, unda tasvirlangan tarixiy voqealar, Amir Temur siymosining badiiy talqini hamda Pirimqul Qodirovning o‘zbek adabiyotidagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, asardan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Tadbir yakunida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida badiiy adabiyotga mehr uyg‘otish muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech