Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida kitob yarmarkasi tashkil etildi

19 May, 2026 17

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazining Axborot-resurs markazi (ARM) tomonidan kitobxonlik madaniyatini oshirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada turli janrdagi badiiy, ilmiy-ommabop hamda ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar namoyish etilib, markaz tinglovchilari va xodimlari uchun taqdim etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlari qiziqqan kitoblarni tanlash, yangi adabiyotlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Mazkur kitob yarmarkasi kitobxonlikni targ‘ib qilish, ma’naviy muhitni yanada boyitish hamda yoshlar qalbida mutolaaga mehr uyg‘otishga xizmat qilmoqda.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech