Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov raisligida markazda navbatdan tashqari umumiy yigʻilish tashkil etildi.
Yigʻilish davomida ichki tartib-intizom qoidalari, korrupsiyaga qarshi kurashish talablari hamda xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Tanuv terminali orqali ishga kelib-ketish vaqtini nazorat qilish, intizomiy javobgarlik masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, odob-axloq qoidalari, kiyinish va muomala madaniyatiga rioya etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Jamoatchilik kengashining faoliyati va uning markaz hayotidagi o‘rni haqida maʼlumotlar taqdim etildi.
Yigʻilish yakunida pedagog xodimlar uchun androgogika yoʻnalishida “Kasbiy rivojlanish kuni”ni tashkil etish, shuningdek, AKT savodxonligini oshirish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
⚡️Barcha xodimlar belgilangan tartib-qoidalarga qatʼiy amal qilish hamda o‘z ustida muntazam ishlashga chaqirildi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: