Pedagog xodimlar 100 soatlik o‘quv dasturi davomida zamonaviy ta’lim jarayoni, innovatsion metodlar hamda raqamli ta’lim resurslari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.
Yakuniy bosqichda tinglovchilar o‘z loyiha ishlarini himoya qilib, mikrodars taqdimotlari orqali o‘quv jarayonini tashkil etishdagi mahoratini namoyish etishdi.
Loyiha ishlari zamonaviy ta’lim talablari va dars samaradorligini oshirishga qaratilgan g‘oyalar bilan boyitilgan.
Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilar sertifikatlar bilan taqdirlanadi.
Tadbirda markaz direktori o‘rinbosari Yulduz Neʼmatjonova ishtirok etdi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: