Joriy yil oktabr oyida Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida 100 soatlik malaka oshirish kurslarining navbatdagi oqimi o‘z yakuniga yetmoqda. Kurslar davomida pedagog xodimlar zamonaviy ta’lim jarayoniga oid yangiliklar, innovatsion metodlar, raqamli ta’lim resurslari va metodik yondashuvlar bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlashdi.
Yakuniy bosqichda tinglovchilar o‘z loyiha ishlarini himoya qilishmoqda hamda mikrodars taqdimotlari orqali o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha egallagan bilim va ko‘nikmalarini amaliy tarzda namoyish etishmoqda. Ushbu bosqich o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini, dars jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo‘llay olish darajasini baholash imkonini beradi.
Tinglovchilarning tayyorlagan loyiha ishlari zamonaviy ta’lim talablari, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, shuningdek, dars samaradorligini ta’minlashga qaratilgan amaliy g‘oyalarni o‘z ichiga olgan. Mikrodarslar jarayonida esa pedagoglar interfaol metodlar, AKT vositalaridan foydalanish, hamkorlikda o‘qitish yondashuvlarini qo‘llab, o‘z tajribalarini namoyish etishmoqda.
Yakuniy attestatsiya natijalariga ko‘ra, tinglovchilar malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunlaganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar bilan taqdirlanadi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: