Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi hududida qish faslining oppoq manzarasi hukm surmoqda. Qor yog‘ishi bilan bog‘liq noqulayliklarning oldini olish maqsadida markaz direktori Anvar Sobirov tashabbusi bilan xo‘jalik xodimlari tomonidan hududni tozalash ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.
Xususan, maxsus yo‘laklar, kirish-chiqish joylari va atrof-muhit qor va muzdan tozalanib, markazga tashrif buyuruvchilar uchun qulay sharoitlar yaratildi.
Pedagogik mahorat markazida tozalik, xavfsizlik va tartib doimiy e’tiborda bo‘lib, mavsumiy ob-havo sharoitlariga mos choralar ko‘rilmoqda.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: