Maktab amaliyotchi psixologlari uchun tashkil etilgan
“Bitiruvchi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda psixologning o‘rni” mavzusidagi qisqa muddatli o‘quv kursi o‘z ishini boshladi.
Mazkur kurs davomida ishtirokchilar:
🔹 bitiruvchi o‘quvchilar bilan ishlash metodlari,
🔹 kasbiy qiziqish va qobiliyatlarni aniqlash,
🔹 zamonaviy kasb tanlash yo‘nalishlari,
🔹 psixologik maslahat berish ko‘nikmalarini mustahkamlash bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar.
📚 Kursning asosiy maqsadi — yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirishda psixologlarning professional kompetensiyasini oshirishdan iborat.