Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida ta’lim sifatini oshirish, pedagog kadrlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida Kasbiy rivojlanish kuni tashkil etildi

15 Yanvar, 2026 25

Tadbirda markazning professor-o‘qituvchilari, metodistlari hamda bo‘lim xodimlari faol ishtirok etdilar. Mazkur tadbir doirasida Xitoy Xalq Respublikasida malaka oshirib qaytgan Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov, dotsent Anvar Samyayev, metodistlar Nigora Shonazarova va Ulug‘bek Norqulov tomonidan Xitoy ta’lim tizimi, undagi zamonaviy boshqaruv mexanizmlari, pedagoglarni tayyorlash va qayta tayyorlash jarayonlari, innovatsion yondashuvlar hamda raqamli texnologiyalardan foydalanish tajribalari haqida batafsil taqdimotlar o‘tkazildi.

Taqdimotlarda Xitoy ta’lim tizimining asosiy ustun jihatlari, xususan, pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivoji, ta’lim sifatini baholash mexanizmlari, amaliyotga yo‘naltirilgan o‘qitish, xalqaro tajribalarni integratsiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, Xitoy oliy va umumiy ta’lim muassasalarida pedagogik mahoratni oshirishda qo‘llanilayotgan samarali metodlar va innovatsion yondashuvlar misollar bilan yoritib berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan Xitoy tajribasini mahalliy ta’lim tizimiga moslashtirish, pedagogik jarayonlarga joriy etish, metodik xizmat faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi. Kasbiy rivojlanish kuni pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va ta’lim jarayoniga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech