Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori
Anvar Sobirov tinglovchilar bilan o‘quv xonalarida uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida markaz faoliyati, o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish, tinglovchilarning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Direktor tomonidan ta’lim jarayonida mas’uliyat, intizom va faol ishtirokning muhimligi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, uchrashuvda bo‘lim boshlig‘i Xasan Bekmirzayev ham ishtirok etib, tinglovchilarga korrupsiyaga qarshi kurashish, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga amal qilish hamda markazda amal qilinadigan ichki tartib-intizom qoidalari haqida batafsil ma’lumotlar berdi.
Muloqot jarayonida tinglovchilarga o‘quv mashg‘ulotlarida faol qatnashish, belgilangan qoidalarga qat’iy rioya qilish, pedagogik faoliyatda halollik va professional mas’uliyatni ustuvor bilish zarurligini tushuntirildi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: