Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida xalqaro seminar-treningning ikkinchi kuni davom etmoqda

25 Noyabr, 2025 21

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida xalqaro seminar-treningning ikkinchi kuni davom etmoqda

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida UNICEF, Islom taraqqiyoti banki va Maktabgacha ta’lim vazirligi hamkorligida o‘tkazilayotgan maktabgacha ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan xalqaro seminar-trening bugun o‘zining ikkinchi kunini davom ettirmoqda.

Bugungi mashg‘ulotlarda maktabgacha ta’lim jarayonida zamonaviy metodlar qo‘llanilishi, pedagoglarning kasbiy malakasini rivojlantirish va xalqaro tajribani amaliyotga joriy etish bo‘yicha taqdimot va muhokamalar tashkil etildi.

 Ishtirokchilar ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladigan innovatsion yondashuvlar bilan tanishib, amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etmoqdalar.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech