Ayni paytda Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida 100 soatlik malaka oshirish kurslari tinglovchilarining yakuniy attestatsiya sinovlari jarayoni tashkil etilmoqda. Sinov jarayonlari yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazilib, unda kurs tinglovchilarining o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalari baholanmoqda.
Yakuniy attestatsiya davomida tinglovchilar kurs mobaynida egallagan nazariy bilimlari hamda amaliy tajribalarini namoyish etib, taqdimotlar, test sinovlari va amaliy topshiriqlar orqali o‘z salohiyatlarini himoya qilmoqdalar. Ushbu jarayon pedagoglarning kasbiy mahoratini yanada oshirish, zamonaviy ta’lim yondashuvlarini amaliyotga tatbiq etish imkonini bermoqda.
Attestatsiya sinovlari natijalariga ko‘ra, barcha talablarni muvaffaqiyatli bajargan tinglovchilar malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunlaganlik to‘g‘risidagi belgilangan namunadagi sertifikatlar bilan taqdirlanadi.
Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida bo‘lib o‘tayotgan jarayonlar, yangiliklar va tadbirlar haqida ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali muntazam xabardor bo‘lib boring.