Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida yanvar oyi rivojlantiruvchi va yuksaltiruvchi kurs tinglovchilari uchun Ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi

5 Yanvar, 2026 30

Mazkur tadbirda tinglovchilarga o‘quv jarayonining mazmuni, kurslarning maqsad va vazifalari, zamonaviy ta’lim metodlari hamda pedagoglarning kasbiy rivojlanishiga qaratilgan imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Ochilish tadbiri Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirovning kirish so‘zi bilan ochib berildi.

 O‘z nutqida u pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashning ahamiyati, shuningdek, malaka oshirish jarayonida innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir davomida tinglovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, kurslar jarayoni bo‘yicha qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi. Ochilish tadbiri tinglovchilarning o‘quv jarayoniga faol jalb etilishiga va samarali ta’lim muhitini shakllantirishga xizmat qildi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech