Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

24 Oktyabr, 2025 35

Bugun Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov raisligida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda markaz faoliyati samaradorligini oshirish, loyiha ishlarini qabul qilish jarayonini takomillashtirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida tinglovchilarning yakuniy loyiha ishlari va mikrodars taqdimotlarini qabul qilish tartibi, baholash mezonlari hamda jarayonning shaffofligini ta’minlash bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, pedagogik jarayonda halollik va mas’uliyat tamoyillariga amal qilish, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 Shu bilan birga, yig‘ilishda joriy yil noyabr oyida tashkil etilishi rejalashtirilgan onlayn malaka oshirish kurslarini sifatli o‘tkazish, masofaviy ta’lim platformasini takomillashtirish va tinglovchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Yakunda Anvar Sobirov yig‘ilish ishtirokchilariga belgilangan vazifalarni aniq muddatlarda amalga oshirish, tinglovchilar bilan ishlashda ochiqlik va mas’uliyatni kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech