Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi delegatsiya a’zolari Xitoyda xalqaro sertifikatlarni qabul qildi

9 Dekabr, 2025 27

Xitoyning Shanxay ta’lim markazida o‘tkazilgan uchrashuv doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirokchilari tomonidan Xitoylik hamkorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Ushbu sovg‘alar ikki tomonlama iliq aloqalar va hamkorlik ramzi sifatida taqdim etildi.

Shu bilan birga, tadbir yakunida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari sertifikatlarni qabul qilib oldilar, xalqaro hamkorlikdagi faol ishtirok va ta’lim almashinuvi jarayonlaridagi hissasi uchun e’tirof etildi.

Tadbir davomida O‘zbek tilida Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov tomonidan ma’ruzalar qilindi, bu esa O‘zbekiston pedagogik tajribasi va madaniy merosini xalqaro hamkorlar bilan baham ko‘rishga xizmat qildi.

Powered by GSpeech