Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 151 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirdan so‘ng Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov buyuk jadid ma’rifatparvarining uy-muzeyiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida muzey ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishilib, Behbudiyning hayoti, ijodiy va ma’rifiy faoliyatiga oid noyob manbalar, qo‘lyozmalar hamda tarixiy ashyolar ko‘zdan kechirildi. Anvar Sobirov Behbudiy merosini chuqur o‘rganish va uni ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish muhimligini ta’kidlab o‘tdi.
Mazkur tashrif buyuk ajdodlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirish, ularning boy ma’naviy merosini yosh avlodga yetkazish yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlarning uzviy davomi bo‘ldi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: