Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirovning Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuvdagi fikr va mulohazalari

3 Noyabr, 2025 24

— Bugun biz Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan hurmatli delegatsiyani qabul qilayotganimizdan mamnunmiz. Ushbu uchrashuv ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri, deb hisoblayman.

Ta’lim tizimida global tajriba almashish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish, o‘quv jarayonlariga innovatsion yondashuvlarni joriy etish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridandir. Shu ma’noda, Xitoy ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan ilg‘or tajribalar biz uchun juda ahamiyatlidir.

Markazimizda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv laboratoriyalari va innovatsion dars xonalari orqali biz o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini yuksaltirishga intilamiz. Ishonchim komilki, bugungi muloqotimiz ikki mamlakat o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Sizlarga tashriflaringiz uchun chuqur minnatdorlik bildiraman va kelgusidagi hamkorligimiz samarali natijalar berishiga ishonaman.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech