Bugun, Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov raisligida pedagogik kengashning navbatdan tashqari yig‘ilishi tashkil etildi.
Yig‘ilishda ta’lim sifati, kasbiy pedagogik qayta tayyorlash kurslarining ishchi rejasi va o‘quv-metodik majmualarining tasdiqlanishi masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, yig‘ilishda markaz rahbari A.Sobirov tomonidan mikrodars va loyiha ishlari haqida ma’lumotlar berildi. Ushbu faoliyatlar o‘quv jarayonini interaktiv va samarali tashkil etishda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.
Anvar Sobirov yig‘ilish ishtirokchilariga o‘z takliflarini bildirdi va ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish bo‘yicha muhim vazifalarni belgilab berdi.
Kengash a’zolari tomonidan taqdim etilgan mulohazalar va takliflar asosida keyingi davrda pedagogik jarayonlarni rivojlantirishga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilindi.
Yig‘ilish yakunida barcha ishtirokchilar belgilangan vazifalarni bajarishga tayyor ekanliklarini ta’kidlashdi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: