Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori o‘rinbosari Sarvar Murodov o‘zining birinchi ustoziga samimiy hurmat va minnatdorchilik ramzi sifatida guldasta sovg‘a qildi. Bu mehribon harakat ustozlarga bo‘lgan ehtiromni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Sarvar Murodov ta’lim sohasida uzoq yillik tajribaga ega pedagoglarning mehnatini yuqori baholaydi va ularning xizmatlarini qadrlaydi. Birinchi ustozga bo‘lgan hurmat – bu yosh avlod uchun namuna va ta’lim muassasalarida hurmat-muomalani yanada oshirishga undaydi.
Birinchi ustozimizga sovgʻa – ilm yo‘lida minnatdorlik ifodasidir.
Ustozim — Xo‘janova Hidoyat Xamidovna
Samarqand viloyati Narpay tumani 38-maktabining oliy toifali ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi. Xo‘janova Hidoyat Xamidovna — bilimli, mehribon va fidoyi ustozdir. U o‘zining chuqur bilimlari, zamonaviy pedagogik yondashuvlari va samimiyligi bilan ko‘plab avlodlarni tarbiyalab, ularga ona tilimiz va adabiyotimizni sevishni o‘rgatadi. Har doim e’tiborli, sabrli va talabchan bo‘lib, o‘quvchilarining muvaffaqiyatlari uchun tinimsiz mehnat qiladi, deydi Hududiy markazi direktori o'rinbosari S.Murodov.
Ushbu tadbir Samarqand viloyatida ta’lim sohasidagi obro‘-e’tibor va pedagoglarga ehtirom ko‘rsatish madaniyatining namunasidir.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: