Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi faoliyati o‘rganildi

25 Noyabr, 2025 28

Bugun A. Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutidan tashrif buyurgan mas’ul xodimlar tomonidan Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazining faoliyati o‘rganildi. Tashrif davomida markazning o‘quv-metodik jarayonlari, malaka oshirish dasturlari hamda amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar bilan tanishildi.

Shu kuni markazda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Institut vakili Azizbek G‘ofurov professor-o‘qituvchilar va metodistlar va xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazib, mavjud jarayonlarni tahlil qildi. Yig‘ilish davomida takliflar bildirildi, savol-javoblar tashkil etildi.

Shuningdek, markaz faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida ishtirokchilar o‘rtasida anonim so‘rovnoma o‘tkazildi. Unda xodimlar o‘z fikr va takliflarini erkin bildirishdi.

Uchrashuv ikki tomonlama tajriba almashish va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech